9-may - "Xotira va qadrlash" kuni

 

Agentlik tizimidagi maktablarda 9-may - "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan turli tadbirlar o'tkazildi.
Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Toshkent shahrida barpo etilgan G'alaba bog'iga borib, urushda bevaqt vafot etganlari yod etishdi.
Shuningdek, Ogahiy ijod maktabida "Xotira abadiy, qadr muqaddas" mavzusida  bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Muhammad Yusuf ijod maktabining o'quvchilari esa motamsaro ona haykali poyiga gul qo'ydilar va ulugʻ Vatan urushi qahramonlarini xotirlashdi.
Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi jamoasi hamda o’quvchilari  II jahon urush qatnashchisi Xolmat ota Sharipov xonadoniga borishdi va Xolmat otani tabriklab, ijod maktabi homiylari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etishdi.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Xotira abadiy, qadr muqaddas” mavzusida  ochiq dars mashg’uloti o'tkazildi.