SO'ROVNOMA NATIJASI

 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyevning “Prеzidеnt, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko'ra, xalqaro dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchilarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Agentlik axborot xizmati tomonidan Qarorda qayd etilgan  mazkur sertifikatlar yuzasidan aholining fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma  (https://t.me/piimauz/3284)o‘tkazildi. Unda belgilangan 24 soat vaqt ichida  5360 nafar kishi qatnashdi.

 Ushbu so‘rovnomaga ko‘ra,  35 %  ishtirokchi  xalqaro standartlar asosida ta’lim  tizimini tashkil etish muhimligini ta’kidladi.  32 % ishtirokchi esa AS va A-LEVEL sertifikatlari haqida batafsil ma’lumot berilishini so‘rashgan. Avvalo, ingliz tilini bilish darajasini shakllantirishga e’tibor qaratish lozimligini 22 % qatnashchi ta’kidlagan bo‘lsa, 11 % qatnashchi ushbu sertifikatning ahamiyati haqida yetarli tushunchaga ega emasligini bildirgan.

Natijalar xalqaro standartlar asosida ta'lim tizimini olib borishni ma'qullovchilar ko'pchilikni tashkil etishini ko'rsatmoqda.