O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyevning “Prеzidеnt, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko'ra, xalqaro dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchilarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.
Agentlik axborot xizmati tomonidan Qarorda qayd etilgan mazkur sertifikatlar yuzasidan aholining fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma (https://t.me/piimauz/3284)o‘tkazildi. Unda belgilangan 24 soat vaqt ichida 5360 nafar kishi qatnashdi.
Ushbu so‘rovnomaga ko‘ra, 35 % ishtirokchi xalqaro standartlar asosida ta’lim tizimini tashkil etish muhimligini ta’kidladi. 32 % ishtirokchi esa AS va A-LEVEL sertifikatlari haqida batafsil ma’lumot berilishini so‘rashgan. Avvalo, ingliz tilini bilish darajasini shakllantirishga e’tibor qaratish lozimligini 22 % qatnashchi ta’kidlagan bo‘lsa, 11 % qatnashchi ushbu sertifikatning ahamiyati haqida yetarli tushunchaga ega emasligini bildirgan.
Natijalar xalqaro standartlar asosida ta'lim tizimini olib borishni ma'qullovchilar ko'pchilikni tashkil etishini ko'rsatmoqda.