Xiva shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Kinomotografiya agentligi ijodiy guruhi mehmon bo'lishdi

Xiva shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Kinomotografiya agentligi ijodiy guruhi mehmon bo'lishdi. Ishchi nomi "Uchinchi renessans sari" hujjatli filmini suratga olayotgan jamoa maktabimizdagi shart-sharoitlar, o'quv jarayonlari va iqtidorli o'quvchilarimiz bilan yaqindan tanishishdi. Mehmonlarimiz o'quvchilarimizning ko'zidagi uchqun, g'ayrat-u shijoati va ilmga chanqoqligi ularni kelgusida Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino singari buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo'lib yetishayotganligidan darak deya e'tirof etishdi.