Xiva shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Kinomotografiya agentligi ijodiy guruhi mehmon bo'lishdi. Ishchi nomi "Uchinchi renessans sari" hujjatli filmini suratga olayotgan jamoa maktabimizdagi shart-sharoitlar, o'quv jarayonlari va iqtidorli o'quvchilarimiz bilan yaqindan tanishishdi. Mehmonlarimiz o'quvchilarimizning ko'zidagi uchqun, g'ayrat-u shijoati va ilmga chanqoqligi ularni kelgusida Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino singari buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo'lib yetishayotganligidan darak deya e'tirof etishdi.