Yangi tashkil etilgan maktab o‘quvchisi quyosh energiyasi orqali harakatlanuvchi mashina hamda «repetitor-robot» yaratdi

Agentlik tizimidagi  Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Shahzod Erkinov quyosh energiyasi orqali harakatlanuvchi mashinani yaratdi.

Shahzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Yangi innovatsiyalar ustida  tinimsiz izlanishlar olib boruvchi o‘quvchimiz o‘zining «repetitor-robot»i orqali respublikada tanilgan.