Agentlik tizimidagi Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Shahzod Erkinov quyosh energiyasi orqali harakatlanuvchi mashinani yaratdi.
Shahzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Yangi innovatsiyalar ustida tinimsiz izlanishlar olib boruvchi o‘quvchimiz o‘zining «repetitor-robot»i orqali respublikada tanilgan.