O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Abdulla Oripov ijodida Vatan madhi” mavzusida badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi. Ushbu adabiy-musiqiy kechani tashkil etishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchilarining ishtiroki ham ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi, so‘ngra Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi xizmatchilari va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida Abdulla Oripov qalamiga mansub bahr-u bayt aytishuvi, drama ko‘rinishidagi badiiy sahna ko‘rinish, musiqiy chiqishlar hamda shoir she’rlari xorijiy tillarda tarannum etildi.
Tadbirning asosiy tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Agentlik rahbari Hilola Umarovaga o‘quvchilar ishtiroki va faolligining tashkil etishdagi amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.