Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Qo‘qon olimpiadasi”ning yana bir g‘olibi Xiva Prezident maktabi bitiruvchisi sarvar Soporboyevga sovrin-Cobalt avtomoshinasi topshirildi.
Аgentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, g‘olib va qatnashchilarni tabrikladi: Erishilgan yutuqlar nafaqat o‘quvchilarimiz va ularning ota-onalarinki, balki birdek mehnat qilgan ustozlarimizniki hamdir. Shu bilan birga, bu natijalar boshqa o‘quvchilar uchun ham motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
Shundan so‘ng Qo‘qon Universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov o‘z nutqida matematika olimpiadasida g‘olib aynan al-Xorazmiy yurtidan chiqqanligining ham o‘ziga xos ramzi borligini ta’kidladi.
Uchrashuv Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, kecha olimpiadaning yana bir g‘olibi-Asilbek Sunnatov Nexia-3 avtomobili bilan taqdirlangan edi.