20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI

Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

Mazkur 14 ta medalning 8 tasiga (1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari ega chiqishdi. 

Ushbu olimpiadada Informatikadan ilk marta qo‘lga kiritilgan oltin medal sohibi ham Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov bo‘ldi.