14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

2022 yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berib o‘tamiz.

Demak, 2022 yilning 1 yarim yilligi davomida bir qator loyihalar amalga oshirildi.

Jumladan:

  1. Joriy yilning 4-8 yanvar kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Raqamli avlod” IT oromgohi tashkil etildi.

Unda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, eshitishda nuqsoni bor yoshlar, Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari hamda IT va media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun onlayn va offlayn darslar olib borildi.

  1. Agentlik tizimidagi 14 ta Prezident maktabi Xalqaro Kebrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

Maʼlumot uchun, A-level Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan sertifikatlar xalqaro oliy standart sertifikati hisoblanadi.

Joriy yilning may-iyun oylarida A-level imtihonlari Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tdi.

2022/2023-o‘quv yilidan eʼtiboran esa Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni tashkil qilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot o‘rnida, A-level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olinadi.

  1. Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etildi. Mazkur tizim yangi o‘quv yilidan eʼtiboran barcha ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tizimning o‘ziga xos tomoni unda baholash tizimida inson omilining minimallashtirilgani hisoblanadi.

4) Joriy yilning 4-11 fevral kunlari o‘qituvchilarda trenerlik ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan “Zamonaviy trener dasturi” haftaligi tashkil etildi. Unda mahalliy trenerlar zaxirasini shakllantirish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish, pedagog kadrlar malakasini oshirishga yordam beruvchi maxsus platforma yaratish hamda xalqaro mutaxassislar tajribasi asosida barcha fan kesimi o‘qituvchilari uchun mahalliylashgan treninglarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

6) Prezident taʼlim muassasalari agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida memorandum imzolandi.

“Uzbekistan GTL” zavodining Administrativ boshqaruv markazida “Yangi O‘zbekiston” talabalari uchun alohida xona ajratildi. Talabalar bu yerda amaliy mashg‘ulotlar o‘tashlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.

7) Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarida STEAM fanlari bo‘yicha Agentlik olimpiadasi tashkil etildi.

8) Joriy yilning 11-13 mart kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tgan TESOL Arabia 26-konferensiyasida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Ushbu konferensiya “Til o‘rgatishda translingvizm va ko‘p tillilik” mavzusiga bag‘ishlangan.

9) Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quvchilar “Diplomacy Education” dasturi doirasida Italiyada bo‘lishdi.

Mazkur loyiha Prezident taʼlim muassasalari agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Dastur doirasida o‘quvchilar Italiya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati bilan tanishishdi hamda rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishdi.

10) Joriy yilning 24 mart kunidan eʼtiboran Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan Nottingem Trent universiteti (Angliya) bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun  seminar-trening tashkil etildi.

Treninglarning birinchi haftaligi offlayn, qolgan qismi esa onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi.

11) Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan kadlarni malakasini oshirish maqsadida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining kutubxonachilari, Prezident maktablari direktorlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va psixologlari, jamoatchilik bilan ishlashga masʼullar uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

12) Joriy yilning aprel oyida Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan PDQ (Professional Development Qualification) - kasbiy rivojlanish dasturini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat olib bordi.

Unda  Agentlik tizimidagi maktablar rahbar va pedagog kadrlari ishtirok etib, PDQ dasturini joriy etish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishdi.

13) O‘quvchilarning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarish, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘qitish tizimi bilan keng jamoatchilikni tanishtirib borish maqsadida Agentlik hamda MTRK bilan hamkorlikda “Oltin fondimiz”, “Bilim doirasida” kabi ko‘rsatuvlari yo‘lga qo‘yildi.

14) Aprel oyida Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi AQSHda bo‘ldi. Uchrashuvlar doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi bir qator ilmiy markazlar, xususan Massachusets texnologiya institutining laboratoriyalar va eksperiment jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

15) Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari joriy yilning 23 aprelida Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Xalqaro tinchlik noni festivali” da ishtirok etishdi.

16) Iqtidorli o‘quvchilarning kimyo sohasidagi bilimini yuzaga chiqarish maqsadida 9-16 may kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi tashkil etildi.

Unda dunyoning 16 ta mamlakatidan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Olimpiada yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini ko‘lga kiritishdi.

17)  Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining professor o‘qituvchilari, akademik xodimlar va talabalardan iborat jamoasi Germaniyada bo‘ldi.

Talabalar bir hafta davomida Myunxen Texnika universitetida qisqa muddatlik amaliyot o‘tashdi.

18) Bundan tashkari joriy yilda Prezident maktablari universitetlar kengashining aʼzoligiga qabul qilindi. Mazkur aʼzolik maktablarga Kengash axborot-resurs manbalaridan foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, Kengash rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinetga ega bo‘lish orqali o‘quvchilarning xalqaro imtihonlardan qo‘lga kiritgan ballarini ko‘rish va shu orqali oliy taʼlimni rejalashtirish imkoni mavjud.

19) Joriy yilning 22-25 may kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon taʼlim forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkori Cambridge Assessment International Education, Times Higher Education va British Council tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

21) Agentlik tizimidagi 4 ta Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) aʼzoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi aʼzosi bo‘lish taʼlim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

Taʼkidlash joiz, Xalqaro maktablar kengashi aʼzoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot aʼzoligiga o‘tish jarayonida.

23) Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan 2022 yilning 1 yarim yilligi davomida 8-9-sinf Adabiyot darsligi, 5-sinf matematika, informatika darsliklari hamda 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsliklari tayyorlandi.

24) Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda pedagog-kadrlarni saralab olish yuzasidan Agentlik tomonidan 3 bosqichli tanlov eʼlon qilindi va butun Respublika bo‘ylab mazkur tanlov yuzasidan test va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

25) Joriy yilning iyun oyida Prezident hamda ijod maktablariga va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan 168 ta maktabga onlayn qabul jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Shu kunlarda imtihonlar davom etmoqda.

Bundan tashqari Agentlik ko‘plab tashkilot va vazirliklar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.