Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Rossiya oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 15-noyabr kuni Abu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda MIREA - Rossiya texnologik universitetining birinchi prorektor orinbosari I. Solunova va Xalqaro talim instituti direktorining orinbosari E.Slezkina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida 
- ozaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish 
- oquvchilarni kasbga yo‘naltirish 
- malakali pedagog kadrlarni almashish va dars mashgulotlariga jalb etish 
- kimyo va biologiya fanlaridan yetuk soha mutaxassislari ishtirokida Mahorat darslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolashga erishildi.

Tadbir songgida MIREA - Rossiya texnologik universiteti togrisida taqdimot namoyish etilib, oquvchilar ozlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.