#xalqaro_hamkorlik
⚡️Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi
🟢 Xalqaro maktablar kengashi - xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.
✔️ Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
— hujjat topshirish;
— maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
— maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.
Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishdi.