Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga bordi.

#Ijodiy_hamkorlik

 Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga bordi.

O'quvchilar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. So'ngra, ular ishtirokida ijodiy uchrashuv va she’riy mushoira, shuningdek, psixologik trening tashkil etildi. 

Ta'kidlash joiz, ijod maktablari orasida o‘zaro hamkorlik iliq munosabatlar shakllanishi va o‘quvchilar orasida yakdil maqsadlarning birlashuviga zamin yaratadi.