Agentlik Axborot xizmati rahbari "Yilning eng faol matbuot kotibi" nominatsiyasida 3-o'rinni oldi

Bugun, 21-yanvar kuni “Rost24.uz” sayti tomonidan o‘tkazilgan “Yil tanlovi – 2021” an'anaviy tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 

Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi Matbuot kotibi Dilfuza Sobirova “Yilning eng faol matbuot kotibi” nominatsiyasida 3-o’ringa loyiq topildi.

E’tirof va bildirilgan ishonch uchun jamoamiz nomidan tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!