Agentlik direktori Hilola Umarova Andijondagi Prezident hamda ijod maktablarida

 

14-sentabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori  Hilola Umarova Andijon viloyatidagi Prezident maktabining qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun tashrif buyurdi.

Shuningdek, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham bo'lib, u yerdagi o‘qish jarayonlari bilan tanishdi, maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

 Ijod maktablariga qo‘yilgan vazilfalar ijrosini tekshirdi hamda Muhammad Yusuf ijod maktabida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy vazifalarni belgilab berdi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida ijod maktabi to‘garak rahbarlari va ijodkor o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.