AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 6-iyun kuni soat 10:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi. 

✅ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat. 

📍 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Buxoro shahar, Muhammad Iqbol ko’chasi 1-uy (Buxoro shahridagi Prezident maktabi).