Agentlik tizimidagi faoliyati endi boshlangan yangi Prezident maktablarining ishga qabul qilingan pedagoglari uchun treninglar davom etmoqda.

Navbatdagi trening Guliston shahridagi Prezident maktabida tashkil etilib, pedagoglarga dars jarayoniga zamonaviy va interaktiv metodikalarni joriy etish, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta'lim va tanqidiy fikrlash kabi mavzularda zaruriy bilimlar va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur treninglar Agentlikning xalqaro eksperti Thomas Topham tomonidan olib borilmoqda.