Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi

Prezident ta’lim muassalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi joriy etildi.

Dasturning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, sifatli ta'lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, o‘quvchilarni hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografiya hamda folklor bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Dastur doirasida, jumladan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida, Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lishdi.

Ikki tomonlama almashinuv dasturi ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi va o'quvchilarda alohida taassurot qoldirdi.