Birlashgan Arab Amirliklarida 12-21-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 18-Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida (IJSO) O‘zbekistondan 6 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Ular orasida Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar o‘quvchilari ham bor:
- Axror Bahodirov (Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)
- Shahzoda Hakimova (Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)
- Sohibjon Dilmurodov (Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi)
Mazkur olimpiadada O'zbekiston terma jamoasiga zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Ma'lumot o‘rnida, bu yilgi olimpiada gibrid formatda, ya'ni har bir ishtirokchi davlatdan 1 nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a'zolari hamda 2 nafar jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etishi belgilangan.