Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari uchun matematika fanidan olimpiada tashkil etildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan onlayn ta'lim davomida o'quvchilardagi salohiyatni yuzaga chiqarish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida fan olimpiadalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun 29-yanvar kuni Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida matematika fanidan onlayn olimpiada bo'lib o'tdi.

Ma'lumot o'rnida, STEAM fanlari doirasida bo'lib o'tayotgan mazkur olimpiadalar oyligi davomida science, biologiya, fizika, kimyo va informatika kabi fanlardan ham onlayn olimpiadalar o'tkazilishi kutilmoqda.