Agentlik tizimidagi maktab xodimlari taqdirlandi

1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Prezident farmoniga ko'ra (https://president.uz/uz/lists/view/4661) ta'lim va tarbiya sohasidagi bir guruh xodimlar, jumladan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi:

 Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Ataniyazova Gulshat "Shuhrat" medali;
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika o‘qituvchisi Jalalov Azamat "Shuhrat" medali;
Kayumova Gulchexra -Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi "Mehnat shuhrati" ordeni;
 Xiva shahridagi Prezident maktabi direktori Aminov Rufat 2-darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni;
 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo o‘qituvchisi Boltaev Boburbek "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlanishdi.

Agentlik rahbari Hilola Umarova yuksak mukofot bilan taqdirlangan ustozlarni alohida tabriklab, ularning keyingi ishlari muvaffaqiyat tiladi.