AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 66 NAFAR 10-SINF O‘QUVCHILARI OLIMPIADADA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

5-6--noyabr kunlarida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 66 nafar 10-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida: 
✅Surxondaryo 7
✅Namangan 7
✅Farg’ona 7
✅Xorazm 6
✅Toshkent shahar 5
✅Qashqadaryo 5
✅Andijon 5
✅Toshkent viloyati 4 
✅Sirdaryo 4
✅Navoiy  4
✅Buxoro   4
✅Samarqand 3
✅Qoraqalpog’iston  3
✅Jizzax  2