Agentlik tizimidagi maktablarning jami 70 nafar 9-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

3-4-noyabr kunlarida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 70 nafar 9-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida: 
✅Qoraqalpog’iston 9
✅Andijon viloyati 1
✅Buxoro viloyati 4
✅Jizzax viloyati 5
✅Qashqadaryo viloyati 2
✅Navoiy viloyati 7
✅Namangan viloyati 8
✅Samarqand viloyati 1
✅Surxondaryo viloyati 3
✅Sirdaryo viloyati 5
✅Toshkent viloyati 2
✅Farg’ona viloyati 4
✅Xorazm viloyati 7
✅Toshkent shahar 12