Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik ishlari yuzasidan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Davlat Test markazi mas'ul xodimi Zafar Olimbekov va Prezident maktablari kirish imtihonlarini tashkil etish bo'yicha mas'ul xodimlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.Hilola Umarova Prezident maktablari kirish imtihonlari bo'yicha mas'ul xodimlarni imtihon yo'riqnomasiga qat'iy rioya qilishga chaqirdi:
- Mazkur jarayon bizdan katta mas'uliyat talab qiladi va bunda guruh nazoratchilari imtihon yo'riqnomasiga qat'iy rioya qilishlari kerak. Har biringizdan yana bir bora javobgarlikni his qilgan holda imtihon jarayonlariga mas'uliyat bilan yondashishingizni so'raymiz.
Shundan so'ng, Agentlik Qabul komissiyasi o'rinbosari Sherzod Xudoyqulov imtihonlar uchun mas'ul etib belgilangan Agentlik va DTM xodimlariga yo'riqnomadan foydalanish tartiblarini tushuntirib o'tdi.