AKADEMIK BILAN MULOQOT

#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Termiz shahridagi Prezident maktabida O‘zFA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Saidahror Gʻulomov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda, akademik S.Gʻulomov yangi raqamli (masofaviy) ish o‘rinlari, raqamli iqtisodiyotga o‘tishda maktab va OTMlar oldida turgan ustuvor vazifalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.