AMALIYOTGA YANGICHA YONDASHUV

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning dars jarayonlari amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tkaziladi. 

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari biologiya fanida "Yurak va uning tuzilishi" mavzusi amaliy mashg‘ulot tarzida bo‘ldi. Dars xorijlik mutaxassis Mr. Prudense va mahalliy o‘qituvchi S. Bozorov tomonidan o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda odam yuragiga o‘xshash bo‘lgani uchun qo‘yning yuragidan tajriba uchun foydalanildi. Bu kabi tajribalarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni amaliy tajriba va bilimlarini mustahkamlashdir.