Andijonda STEM fanlari olimpiadasi o'tkazildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligining Andijon viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabida STEM (Matematika, fizika, kimyo va biologiya) fanlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

Bunda Agentlik tizimidagi 13ta ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari qatnashdi.

O‘tkazilgan STEM fanlari olimpiadasida yuqori ball to'plagan o‘quvchilar aniqlandi va agentlikning hududiy bo‘limi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.