Aziz ustozlarni “MAHORAT MAKTABI” loyihasida ishtirok etishga taklif etamiz!

 

Agentlik tasarrufidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati “MAHORAT MAKTABI” loyihasi doirasida barcha davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni kasbiy-pedagogik mahorati va malaka darajasini oshirishga qaratilgan tayanch masofaviy o‘quv kurslarini tashkil etmoqda.

Mazkur masofaviy o‘quv kursining dastlabki mavzusi “Xalqaro baholash dasturlarini amaliyotga joriy etish metodikasi” bo‘lib, kursning davomiyligi jami 36 soat (14 soat ma'ruza, 12 soat amaliy mashg‘ulot, 10 soat mustaqil ish) tashkil etadi.

O‘quv kursining ma'ruzalari maktab-internatning professor o‘qituvchilari va yuqori malakali pedagoglardan shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan tayyorlanadi va “Mahorat maktabi”ning telegramm kanali orqali (https://t.me/mahorat_maktabi) tinglovchilarga yetkaziladi.

Har bir mavzu bo‘yicha tinglovchilarning savollariga @Mahorat_maktabi_bot orqali javob berib boriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari 2020 yil 6 may kuni soat 15.00 dan reja asosida boshlanadi hamda keyingi har bir o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish vaqti “Mahorat maktabi”ning telegramm kanalida e'lon qilinadi.

Telegram (https://t.me/prezident_maktablar)
Facebook (
https://www.facebook.com/prezident.maktablar)
Web page (
https://pm.piima.uz)