“Buyuk elga endi daholar kerak” mavzusida adabiy anjuman boʻlib oʻtdi.

#ijod_maktabi
#adabiy_anjuman

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ijod maktabining tashkil etilganligiga 5 yil to’lishi munosabati bilan “Buyuk elga endi daholar kerak” mavzusida adabiy anjuman boʻlib oʻtdi.

✅ Tadbir avvalida poytaxtimizdan tashrif buyurgan anjuman ishtirokchilari tantanali kutib olindi va Erkin Vohidov haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

📌 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Marg‘ilon shahar hokimligi, Erkin Vohidov oila a’zolari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi xodimlari,  Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

✔️ “Buyuk elga endi daholar kerak” shiori ostida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, turli tillardagi she’r, bolalar adabiyotidagi ijod namunalar va qoʻshiqlar hamda shoir asari asosida sahnalashtirilgan “Jaholat” spektakli yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. 

⏰ Tadbir yakunida ijodiy kecha tashkillashtirildi va o’quvchilar ustoz ijodkorlarning she’rlaridan tinglab, ulardan maslahatlar olishdi.