EʼLON: YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR OCHILDI

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! 

⚡️ Joriy yilda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida (https://t.me/Qashqadaryo_IMA/1560) hamda Namangan viloyati Pop tumanida (https://t.me/piima_namangan/7446) Agentlik tizimida yangi ixtisoslashtilgan maktablar ochildi. 

✅ Ushbu maktablar 2024/2025-oʻquv yili uchun aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-sinflarga oʻquvchilarni qabul qiladi.

📶 Qolaversa, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi. (https://t.me/piimauz/16346) 

📆 2024/2025-oʻquv yilida: 
➖Nukus filiali 
🇺🇿 Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-sinflariga, 
🇺🇿 Qoraqalpoq tili sinflari boʻyicha 5-, 8-, 9-sinflariga;
➖Andijon filialining 5-, 7-, 8-, 9-sinflariga;
➖Samarqand filialining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi. 

☎️ Call-markaz: 1206

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma: https://t.me/jangirov_j/269)