Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyining bolalar adabiyotiga oid she’riy to‘plami taqdimoti

Joriy yilning 20 – mart kuni Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida 21 – mart Navro‘z bayrami munosabati bilan Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hanifa Ummatqulovaning “Ishonch qo‘rg‘oni”, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi O‘ktamxon Soliyevaning bolalar adabiyotiga oid “Opoqijon, opoqi” nomli she’riy to‘plami, iste’dodli yosh ijodkorlar Dilshoda Ergashevaning “Yurak tortmasi”, Dilnavoz Qo‘ldoshevaning “Ko‘nglimga ko‘chadi farg‘onagullar”, Munira Qo‘qonovaning “Quyoshga aylansa yuragim manim”, Mamlakat O‘ktamning “Vujudimga berkingan ko‘nglim”, Oqiljon G‘ofurovning “Mehrdan yaralgan dunyo” asarlarining taqdimot marosimi hamda “Navro‘z mushoirasi” o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari, Oliy Majlis Senati a’zosi Enaxon Siddiqova ochib berdi. FarDU professorlari, adabiyotshunos olimlar tomonidan yangi kitoblarga bo‘lgan ijobiy qarashlari tinglandi va bayram tadbiri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining, yosh ijodkorlarning mushoirasi bilan davom etdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha ijodkorlarga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limining “Navro‘z” sovg‘alari ulashildi