Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisining ijod namunasidan

Ko‘zlarimda yaralangan parvonalar,
Parvoyimga kelib qo‘ymas dunyo, bugun.
Аytsin! Erkning tomiridan suv ichganlar,
Ishqsizlikka bu olamda bormi yakun?!

Silqib chiqar yuragimdan siniqlarim,
Vijdoningiz pushaymonni ko‘rmas totib,
Ne andisha bergan ekan saqlamoqqa
Ichkarida ungachadir, undan tortib...

Saxovatsiz katta bo‘ldi quvonchlarim,
Jon ipimda dardlarimning qismati bor.
Sochlarimdek uzun emas umr, axir
Xudoyimning bir qulidan qismasi bor.

Ko‘zlarimda yaralangan parvonalar,
Bo‘ronlarga peshvoz chiqar ohim mening.
Ey, taqdirning siylagani, sehrbozim
Yanog‘imga tabassumni chizib bering...

 Sarvinoz Tursunova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.