Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Tong nafasi ilhomlari” ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur tanlov joriy yilning 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
- nazm yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi she‘rlar);
- nasr yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar);
- badiiy tarjima yo‘nalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);
- “Erkin Vohidov ijodi bilimdonlari” yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan o‘tkaziladigan savol-javoblar).
Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar g‘oliblar hisoblanadilar.