"Face to face with the leader" loyihasining navbatdagi soni o'tkazildi

Namangan shahridagi Prezident maktabida "Face to face with the leader" loyihasining navbatdagi soni o'tkazildi.

Loyiha mehmoni "Super xotira" egasi, O’zbekiston Mnemosport  federatsiyasi prezidenti Davron Turdiyev bo'ldi.

Loyiha interaktiv tarzda savol - javoblar bilan olib borildi. Davron Turdiyev treningni amaliy jarayonda ko'rsatib, xotirani kuchaytirish sir-sinoatlarini ochib berdi. O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga munosib javoblar oldilar. Ushbu treningda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha muhim tavsiyalar berildi.