"FIZIK IXTIROLAR KECHASI"

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabida "Fizik ixtirolar kechasi" bo’lib o’tdi.

Mazkur loyiha o'quvchilarni fizika va texnologiya fanlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda ijodkorlik qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish maqsadida tashkil etildi.

 Unda maktabning 8-10-sinf o'quvchi yoshlar o'zlari yaratgan yangi loyiha va ixtirolarni namoyish etishdi. 

O'quvchilar ijodini baholash uchun fizika muhandislari ham taklif etildi va qizg’in bahslar asosida g’oliblar aniqlanib, mukofotlandi.