Florensiyadagi Uffizi galereyasiga badiiy kolleksiyasiga onlayn sayohat

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri – Florensiyadagi Uffizi galereyasi badiiy kolleksiyasi bilan virtual tanishtirish taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot onlayn tarzda Prezident taʼlim muassasalari agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning «Uffizi» galereyasi bilan hamkorlikda namoyish etildi. 

Galereya taqdimotida O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Ubbiyev, Uffizi galereyasi direktori Dr. Eike Shmidtlar ishtirok etishdi. 

Shuningdek, ushbu onlayn taqdimot davomida Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari galereyadan o‘rin olgan sanʼat asarlari bilan tanishishdi. 

📌Maʼlumot uchun:  videolarni Uffizi galereyasi rasmiy saytida o‘zbek tilida (dublyaj va subtitr) ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.