Stefaniya Jannini Italiya Piza universitetida tahsil olgan. Tilshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasiga ega.
U 2013 – 2018 yillarda:
- Toskana provinsiyasida senator, ayni vaqtda “Italiya uchun fuqarolik tanlovi” fraksiyasi kotibi,
- Ta‘lim, universitetlar va tadqiqotlar vaziri;
- Yevropaning tadqiqot, fan va innovasiyalar bo‘yicha komissari K. Medasning maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
S. Jannini BMT tizimining ta‘lim sohasidagi eng yuqori martabali shaxslaridan biri bo‘lib, bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan taniqli jahon siyosatchilaridan hisoblanadi. Faoliyati davomida asosiy inson huquqi sifatida ta‘limni global darajada ilgari surishning faol tarafdori bo‘lib kelgan.
Stefaniya Janini hozirda 4-Barqaror rivojlanish maqsadidan kelib chiqadigan “Ta‘lim-2030” kun tartibini amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, UNESCO ta‘lim sektorining strategik qarashlarini ishlab chiqish ishlariga rahbarlik qiladi.