Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Education & travel” loyihasida

Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari “Education & travel” loyihasi doirasida Guliston shahridagi MMX PRO politelin mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodiga sayohat uyushtirishdi.

MMX PRO zavodi politelin maxsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.O‘quvchilarga sayohat davomida zavod xodimlari tomonidan ishlab chiqarish dastgohlari, ularning ishlatilish qoidalari va zavod haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi.