Guliston shahridagi Prezident maktabida  o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida  o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat Yong'in xavfsizligi  boshqarmalari bilan hamkorlikda o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

O'z kasbining yetuk mutaxassislari tomonidan o'quvchilarga favqulotda holatlarda inson o'zini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi kerakligi haqida muhim ma'lumotlar berildi.

Bu kabi o'quv mashg'ulotlarining maqsadi o'quvchilarga nazariy bilimlar berish va  mustahkamlash, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishdir.