Hamid Olimjon tavalludining 112 yilligi ijod maktablarida keng nishonlanmoqda

Atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon tavalludining 112 yilligi munosabati bilan bugun, 11-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Uni sevib el tilga olur” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari va adabiyot vakillari ishtirok etishdi. Shu kuni ijod maktabida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari ham taqdirlandi. 

Tadbirdan o‘rin olgan badiiy chiqishlar va ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.