Hashar – elga yarashar

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida ham qizg‘in o‘tkazilmoqda.

Unda Agentlik rahbariyati va barcha xodimlar faol ishtirok etib,  binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.