IB AKKREDITATSIYASI UCHUN MUHIM QADAM

#Ixtisoslashtirilgan_maktablar 
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Xalqaro bakalavriat tashkiloti (IB) dasturini joriy qilishning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayoni yakunlanib qoldi.

Ayni vaqtda Xalqaro Bakalavariat (IB) ning Jenevadagi bosh qarorgohi vakili Keith Browne boshchiligidagi delegatsiya mazkur taʼlim muassasamizda maslahatlashuv tashrifi bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilganini oʻrganmoqda.

Ta'kidlash lozim, Agentligimiz  huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda IB tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan. 

IB dasturi o‘quvchilarga jahondagi deyarli barcha universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.