Ijod maktabi o'qituvchisi 100 ballik natijani qo'lga kiritdi

 

Ijod maktabi o'qituvchisi 100 ballik natijani qo'lga kiritdi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot  fani o'qituvchisi Mashhura Husanova Ahmadjonovna pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish malaka test sinovida qatnashdi.

U 40 ta test savolining barchasiga to'liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi. Oliy toifagacha bo‘lgan ilk bosqichda o‘zining yuqori salohiyatini ko‘rsata oldi.