Ijod maktabimizda Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi

#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda

Ijod maktabimizda Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi nishonlandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Agentlik vakillari, taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jurnalistlar, shoiraning yaqinlari, pedagog va o‘quvchilar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi mehmonlar ijod maktabimizda yaratilgan shart-sharoitlar va Halima Xudoyberdiyeva muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga ehtirom koʻrsatilib, shoira haykali poyiga guldastalar qo‘yildi.

Telegram (http://t.me/piimauz) | Facebook (https://www.facebook.com/piima.uz) | Instagram (http://instagram.com/piima.uz) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw)