IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

DIQQAT E’LON!

IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

Ijod maktablariga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan 20-IYUNga qadar  ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

•  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;

•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);

•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

•  pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?

Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabi:

🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,

🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi,

🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi,

🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,

🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi,

🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi,

🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi,

🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va

🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7- sinfga  qabul bo‘lib o‘tadi.

Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.