Ijod maktablari imtihon natijalari

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga kirish imtihonlari 3 bosqichda o‘tkazildi.  1-bosqichi yozma ish, 2-bosqich og‘zaki suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqich chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichidan iborot bo‘lib, mazkur imtihonlar 23-iyun-2- iyul kunlari bo ‘lib o‘tdi.

Ijod maktablariga kirish imtihonlari natijasi esa 18-iyuldan e’tiboran e’lon qilindi. O‘quvchilarga to‘plagan ballari va qabul qilinganlik yoki qilinmaganlik haqidagi xabarnoma yuborildi. Shuningdek, ushbu ma’lumot har bir o‘quvchining “Shaxsiy kabinet”iga joylandi.

* Talabgorlarning saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra ballari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar ustunlikka ega bo‘ladi:

- birinchi navbatda saralash imtihonlarining birinchi bosqichida yuqori ball olgan o‘quvchilar;

- ikkinchi navbatda saralash imtihonlarining ikkinchi bosqichida yuqori ball olgan o‘quvchilar;

- uchinchi navbatda saralash imtihonlarining uchinchi bosqichida asosiy fan yo‘nalishida yuqori ball olgan o‘quvchilar;

- yuqoridagi holatlar mavjud bo‘lmagan hollarda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar;

- Talabgorlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan taqdirda, talabgorlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq talabgorga ustunlik beriladi.