IJOD MAKTABLARI O'QUVCHILARI O'Z BILIMINI IQ TEST ORQALI SINAB KO'RISHLARI MUMKIN!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5188-son qaroriga muvofiq endilikda ijod maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish maqsadida, saralash tanlovida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun IQ (mantiqiy fikrlash) test o‘tkaziladi!

Davlat test markazi rasmiy saytida ijod maktablariga imtihon topshiruvchi o‘quvchilar uchun o‘zbek va qoraqalpoq tillarida namunaviy IQ test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, ular orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin. 

Namunaviy testlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin - https://dtm.uz/page/namuna_i