Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!
Ijod maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi ya’ni test sinovlari boshlanishini ma’lum qilamiz.
Test sinovlari 25-iyul kuni soat 8:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish lozim.
Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Ma'lumot o'rnida, imtihonning birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha nomzodlar ikkinchi bosqich-test sinovlarida qatnashish imkoniyatiga ega.
Imtihon kuni tibbiy niqobda bo‘lish va karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.