IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

#qabul_2024
#ijodiy_imtihon


Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
https://t.me/qodiriy_abdulla
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
https://t.me/Ibratijodmaktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
https://t.me/i_yusupov_mektebi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
https://t.me/ima_myim
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
https://t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
https://t.me/erkinvohidovmaktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
https://t.me/ikki_qalb_izdoshlari
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi https://t.me/hxudoyberdiyeva

❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi

🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda.